Poytaxtimizda yuguriş marafoni bölib ötdi
ÖzLiDeP Toşkent şahar Kengaşi va Olmazor tuman Kengaşi hamkorligida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Youth Sports Çallenge” sport musobaqalari taşkil etildi. Uşbu tadbir doirasida ötkazilgan yuguriş marafoni yoşlarni soğlom turmuş tarziga yönaltiriş, jismoniy faollikni oşiriş va sportga bölgan qiziqişni kuçaytirişga xizmat qildi.
Marafonda 220 nafar “Volontyor yoşlar” faol iştirok etib, özlarining irodasi va matonatini namoyon etdilar. Musobaqa yakunida 6 nafar ğolib yoşlar partiya sovğalari va diplomlar bilan taqdirlandi, şuningdek 56 nafar iştirokçi sertifikat va esdalik sovğalariga sazovor böldi. Bu esa yoşlar orasida raqobat va intiliş ruhini yanada oşirdi.
Mazkur sport tadbiri nafaqat jismoniy faollikni tarğib qildi, balki yoşlarni birlaştirib, ularning jamoaviy ruhini mustahkamladi. Soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaşga qaratilgan bunday taşabbuslar yurtimiz kelajagi uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.