Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 02-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati tashabbusi: yarim asrlik eski ustunlar o‘rniga 40 ta zamonaviy temir-beton ustun o‘rnatildi

31.03.2026
31

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Akmal Axmedovning Sharof Rashidov tumanidagi “Qatortoq” mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ko‘tarilgan muammolardan yana biri ijobiy hal etildi.

Xususan, uzoq yillar davomida aholini qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Endi mazkur mahalla uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Qariyb yarim asr davomida xizmat qilgan eski yog‘och ustunlar o‘rniga 40 dona zamonaviy temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida nafaqat “Qatortoq”, balki unga tutash “Mulkanlik” va “Bo‘ston” mahallalari aholisining ham elektr ta’minoti sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Aholi esa bunday e’tibor va amaliy islohotlar uchun minnatdorlik bildirmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?