Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldi olinadi

03.02.2025
1036

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga dahldor, jumladan, iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş, aholi örtasida yod yetişmasligi kasalliklarining oldini oliş, soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan qator qonun loyihalari körib çiqildi.

Xususan, “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi qizğin muhokamalarga sabab böldi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş, soliq siyosatini takomillaştiriş, soliq yukini kamaytiriş, iqtisodiyotni jadal rivojlantirişga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.

Uşbu qonun loyihasi bilan soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytiriş, soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikni mustahkamlaşga qaratilgan huquqiy normalar aks ettirilmoqda.

Şuningdek, sudga qadar va sud muhokamaci davomida yetkazilgan zarar töliq qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod qilişni, vakolatli organlarning tergovga qadar tekşiruv harakatlarini amalga oşiriş hamda ma’muriy huquqbuzarliklarni körib çiqiş bilan boğliq vakolatlarini aniqlaştirişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari ÖzLiDeP maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, loyiha yuzasidan öz fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdi. Xususan, deputat Atham Nazirkulov hujjatning zaruratiga e’tibor qaratib, unda aks etayotgan ayrim normalar böyiça öz nuqtayi nazarini bildirdi.

Ayrim normalar yuzasidan Qonun taşabbuskorlardan asoslantirilgan tuşuntirişlar söradi. Ular berilgan takliflar örinli ekanligini qayd etib, mazkur takliflar asosida qonun loyihasi yanada takomiliga yetkazilişini ma’lum qilişdi.

Qonun loyihasining qabul qilinişi soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş, soliq tuşumlarining barqarorligini ta’minlaş, xususiy tadbirkorlik rivoji uçun teng raqobat şaroitini yaratiş, ularning qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Yiğilişda iste’molçilarning huquqlarini himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda atrofliça körib çiqildi.

U bilan sotuvçi iste’molçiga şartnomada körsatilgan muddatlarda tovarni topşirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya tölaşi nazarda tutilmoqda. Bunda penya summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosidan ortiq bölmasligi, penyani tölaş şartnoma majburiyatlarini buzgan sotuvçi tovarlarni yetkazib beriş muddatlarini keçiktirib yuboriş, töliq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplaşdan ozod etmasligi belgilanyapti.

Fraksiya a’zosi Emma Aslonova qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida mas’ul qömita tomonidan bir qator yiğilişlar, seminarlar ötkazilgani, ularda deputatlar tomonidan berilgan takliflar çuqur tahlil qilinib, asosli deb topilganlari hujjat matnida aks ettirilganini qayd etdi.

Deputatning aytişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi aholining qonuniy manfaatlarini iste’molçi sifatida huquqlarini himoya qiliş va oldi-sotdi şartnomasiga muvofiq sotuvçi şartlaşilgan muddatda yoki muddatlarda tovarlarni iste’molçiga topşirmasligi kabi holatlarning oldini olişga xizmat qiladi.

Qizğin muhokamalar va savol-javoblardan söng, har ikkala qonun loyihasi ham fraksiya a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?