Tadbirkorlarga yengilliklar beriladi
2025-yil 7-iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda dastlab davlatimiz rahbarining Ozarboyjonga davlat taşrifi hamda Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 17-sammitidagi iştiroki haqida söz yuritildi.
Prezidentimizning mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etişga alohida e’tibor qaratgani mamlakatimizning tinçliksevar taşqi siyosatining amaldagi ifodasi ekani qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konsepsiyasini qabul qiliş, Toşkent şahrida savdo vazirlarining uçraşuvini ötkaziş, “yaşil yölaklar” tizimini yaratiş, “Ekoinvest” dasturini qabul qiliş, Raqamli transport va bojxona idorasini taşkil etişni tezlaştiriş takliflari halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi. Deputatlar sammitda ilgari surilgan taşabbuslar IHT faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişini e’tirof etişdi.
Kun taritbidagi navbatdagi masala — “Davlat mulkini xususiylaştiriş sohasi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Muhokamalar jarayonida fraksiya a’zolari böş turgan va samarasiz foydalanilayotgan, şu jumladan davlat iştirokidagi korxonalarning nosohaviy aktivlarini xususiy sektorga berişni jadallaştiriş maqsadida davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonlari soddalaştiriliyotganligi, tösiqlar bartaraf etilayotganligi, tadbirkorlarga qöşimça yengilliklar berilayotganligini e’tirof etişdi.
Qonun loyihasi bilan davlat köçmas mulk obyektini bölib-bölib tölaş şarti bilan sotib olgan tadbirkorga mol-mulk va yer soliğini tölaşda yengilliklar berilayotgani qöllab-quvvatlandi.
Deputatlarning fikriça, qonun loyihasi mamlakatimizda jozibador investitsiya muhitini yaratişga, tadbirkorlik subyektlari uçun soliq yukining kamayişiga, davlat mulkini xususiylaştiriş sohasini takomillaştirişga xizmat qiladi.
Qizğin muhokamalardan söng qonun loyihasi ma’qullandi.