Prezidentimiz BMT sessiyasida insoniyat taqdiri uçun dolzarb taşabbuslarni ilgari surdilar
Prezidentimiz Nyu-York şahrida bölib ötayotgan BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida nutq sözlab, jahon hamjamiyati uçun muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Davlatimiz rahbari nutqida mintaqaviy hamda global xavfsizlik, barqaror rivojlaniş, ekologik muammolar va yoşlar masalasi alohida örin oldi.
Xususan, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo iqtisodiy taraqqiyotiga oid forum ötkaziş, sanoatda “yaşil” texnologiyalar xabini taşkil etiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va demografik barqarorlik dasturlarini amalga oşiriş taklif etildi. Şuningdek, xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça alohida rezolyutsiya qabul qiliş taşabbusi ilgari surildi.
Bundan taşqari, xalqaro tranzit koridorlari xavfsizligini ta’minlaş va samarali logistika tizimini yölga qöyiş maqsadida “Barqaror rivojlaniş maqsadlari uçun özaro transport boğliqligini mustahkamlaş” global mexanizmini joriy etiş taklifi bildirildi. Şu bilan birga, raqamli tengsizlik va sun’iy intellektdan foydalanişda mamlakatlar örtasida adolatli imkoniyatlarni ta’minlaş masalasiga töxtalib, soğliqni saqlaş, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellekt yeçimlarini umumjahon miqyosida beğaraz almaşiş uçun Xalqaro hamkorlik mexanizmini taşkil etiş taklif etildi.
Nutqda iqlim özgarişi va ekologik muammolarga katta e’tibor qaratildi. Prezidentimiz Orolböyida amalga oşirilayotgan işlar haqida alohida töxtalib, 2030 yilgaça qurib qolgan dengiz tubining katta qismida yaşil qoplamalar yaratilişini ta’kidladi. Şuningdek, Suvni tejaş böyiça jahon forumi taşkil etilişi va suv inqirozini global tahdid sifatida belgilaş zarurligi qayd etildi.
Yoşlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratib ötar ekan, tinçlik va insonparvarlik ğoyalarini yoş avlod ongiga singdiriş muhimligini ta’kidlab, “Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati”ni ta’sis etiş taklifini bildirdi. Şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi oçilişi va ajdodlar merosining BMTda taqdim etilişi haqida ham töxtalib ötdi.
Davlatimiz rahbarining BMT Boş Assambleyasidagi nutqi Özbekistonning global va mintaqaviy masalalarda faol iştirokini namoyon etdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar xalqaro hamjamiyat uçun tinçlik, barqaror rivojlaniş va ekologik muammolarga yeçim topişda muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Aktam XAITOV,
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi