Qaşqadaryolik fermerlarning muammolari deputatlar nazoratiga olindi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari, partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi fermerlar bilan uçraşdi.
“Fermerga huquqiy yordam” aksiyasi doirasida ötkazilgan tadbirda buxgalteriya hisobini töğri yuritiş, moliyaviy şaffoflikni ta’minlaş, kiberxavfsizlikni kuçaytiriş, bank kreditlari bilan boğliq muammolar va ularning yeçimlari atrofliça muhokama qilindi.
Dastlab partiya raisi A.Xaitov fermer va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş ÖzLiDePning saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Şuningdek, Özbekiston fermerlari kengaşi va ÖzLiDeP hamkorligida amalga oşirilayotgan tadbirlar fermerlarning huquqiy savodxonligini oşiriş va muammolariga amaliy yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etidi.
Muloqotda fermer va tadbirkorlar kredit oliş va soliq yönalişlarida özlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirişdi. Tadbirkorlarning muammolari deputatlar nazoratiga olindi va ularni hal etiş böyiça mutasaddi idoralar bilan hamkorlik çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi.