Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qashqadaryolik saylovchilar O‘zLiDePning sanoatni rivojlantirishga oid takliflarini qo‘llab-quvvatlashdi

25.10.2024
57

Aktam Xaitov “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatida saylovchilar bilan uchrashdi. Tadbirda partiya saylovoldi dasturida mamlakatimizda sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, mehnat unumdorligini ikki baravarga oshirish, 115 milliard dollarlik yirik loyihalarni amalga oshirish borasida ustuvor vazifalar o‘rin olgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, kichik sanoat zonalarida investitsiya majburiyatini bajargan tadbirkorlarga yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berish, salohiyatli tadbirkorlarga kichik va yoshlar sanoat zonalaridan 10 yilgacha bo‘lib to‘lash imtiyozi bilan yer ajratish kabi masalalar ham O‘zLiDePning e’tibor markazida bo‘ladi.

Uchrashuv ishtirokchilari partiyaning mamlakatimizni mintaqaviy “to‘qimachilik xabi”ga aylantirish, sanoatni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun huquqiy va moliyaviy sharoitlarni yaratishga oid vazifalarini yuqori baholab, bo‘lajak saylovda partiya va uning nomzodlari uchun ovoz berishlarini ta’kidlashdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?