Qiziriqdagi sayyor qabulda 53 ta murojaat yechim topdi
O‘zLiDeP Qiziriq tumani Kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida 60 ga yaqin murojaat tinglandi. Ular asosan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, yer ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya va boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘ldi.
Murojaatlarning 53 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.