Qo‘qonda O‘zLiDeP yoshlar klubi tashkil etildi
Qo‘qon shahar Temiryo‘l texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, partiyaning yoshlarga oid istiqbolli loyihalari, yoshlarning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur texnikumda O‘zLiDeP yoshlar klubi tashkil etildi. Mazkur klub yoshlarga o‘z g‘oya va takliflarini ilgari surish, dolzarb muammolarni muhokama qilish hamda ularni hal etish bo‘yicha qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuvda faol yoshlar o‘z taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi. Jasur Qodirov yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni saralash tizimini joriy etish hamda yashil hududlarni ko‘paytirish tashabbusini ilgari surdi.
O‘zLiDeP doimo yoshlarning innovasion g‘oyalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Yoshlarning fikrlarini tinglash va amaliyotga tatbiq etish partiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga xizmat qiladi.