Qoraqalpoğistonda jamoatçilik eşituvi: xususiy tibbiyotni rivojlantirişdagi muammolar muhokama qilindi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida O‘zLiDeP fraksiyasi taşabbusi bilan soğliqni saqlaş sohasida xususiy sektorni rivojlantiriş masalasiga bağişlangan jamoatçilik eşituvi ötkazildi. Yiğilişda fraksiya a’zolari, mahalliy hokimiyat vakillari va jamoatçilik iştirok etdi, soha rivoji va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Xususiy tibbiyot muassasalari soni 2020 yilda 235 ta bölgan bölsa, 2025 yilga kelib 378 taga yetdi. Yangi klinikalar işga tuşirildi, 114 ta yangi iş örni yaratildi, barça klinikalar zamonaviy MRT, UZI va boşqa yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanmoqda. Şu bilan birga, nogiron va kam ta’minlangan oilalar uçun bepul tibbiy xizmatlar körsatilmoqda, “Ramazon” oyida bepul köriklar taşkil etilmoqda.
Xususiy sektor va davlat hamkorligida Davlat tibbiy suğurtasi joriy qilindi, bu orqali aholiga kafolatlangan paket doirasida bepul xizmat körsatiş imkoni paydo böldi. 2025 yilda suğurta jamğarmasi tomonidan 1 979,7 mlrd söm, 2026 yilda esa 2 260,3 mlrd söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, xorijiy investitsiya va grantlar jalb qilinib, yangi tibbiyot muassasalari qurildi va zamonaviy uskunalar yetkazib berildi.
Jamoatçilik eşituvi davomida soha muammolari muhokama qilindi, takliflar kiritildi va ularni örganiş böyiça kelişuvga erişildi. O‘zLiDeP fraksiyasi soğliqni saqlaşda davlat va xususiy sektor hamkorligini kuçaytiriş, tadbirkorlar uçun qulay şart-şaroit yaratiş va tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş masalalarini doimiy nazoratda uşlab boradi.