Qoraqalpoğistonlik kreativ yoş tadbirkorlar uçun amaliy trening ötkazildi
O‘zLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Yoşlar qanoti taşabbusi bilan “Tadbirkor va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi. “Kreativ yoş tadbirkor” mavzusidagi reklama treningi yoşlarning tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy marketing va reklama vositalaridan samarali foydalaniş könikmalarini oşirişga qaratildi.
Uçraşuvda Nukus şahrining ilğor yoş tadbirkori Raşid Babajanov öz tajribasi bilan örtoqlaşib, şaxsiy brend yaratiş, mijozlar bilan işlaş madaniyati va ijtimoiy tarmoqlarda samarali kontent tayyorlaş böyiça amaliy tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida yoş tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida videoroliklar hamda infografikalar tayyorlaş böyiça amaliy maşğulotlar taşkil etildi. Iştirokçilar öz biznes loyihalari uçun reklama materiallari işlab çiqiş va ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarğib qiliş böyiça muhim könikmalarga ega böldilar.