Qoraqalpoğistonlik yoşlar ÖzLiDeP taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi
ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Erkin va farovon, qudratli yangiÖzbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostida saylovoldi tarğibo tadbiri taşkil qilindi.
Unda ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov, parlamentga va mahalliy Kengaşi deputatligiga nomzodlar, elektoratimiz bölgan tadbirkor va fermerlar, partiya faollari, talaba yoşlar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda partiya yetakçisi partiyaning saylovoldi dasturida 5 ta maqsad va 500 ta vazifani özida aks etganligi, dasturda barça sohalar böyiça aniq maqsad va vazifalar ilgari surilganligini qayd etdi. Ayniqsa saylovoldi dasturida yoşlar yönalişi böyiça professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş, 2030 yilgaça bitiruvçilarni oliy ta’lim bilan qamrab oliş kölami 50 foizga yetkazilişi uçun barça çoralarni safarbar qilamiz. Jahondagi “Top-500”dagi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qöşma öquv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etiş oliy ta’lim tizimi takomillaşuviga xizmat qiladi.
Yoşlarimizni “Top-100” global röyxatga kirgan universitetlarda ta’lim olişi uçun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar beriş amaliyotini joriy etamiz. borasidagi vazifalar ijrosini nazoratga olinişini ta’minlaymiz. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oşiriş va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazişga erişamiz. Kelgusi yillarda oliygohlar uçun qöşimça 120 ming örinli öquv binolari va 150 ming örinli talabalar turar joylarini quriş borasidagi vazifalar uçraşuv iştirokçilari tomonidan töla qöllab-quvvatlandi.
Uçraşuv davomida talaba yoşlar ham ÖzLiDeP taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi.