Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 13-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qo‘shma yig‘ilishda yer resurslaridan foydalanish va ruxsatnomalar olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

11.09.2025
121

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi va Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazgan V ochiq muloqotida bildirilgan fikr va tashabbuslari mazmunidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi muhim vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Tadbirda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar va yangicha yondashuvlar to‘g‘risida ham o‘zaro fikr almashildi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘tgan davrda erishilgan natijalar tahlil qilindi.
Yangi tashabbuslar, soliq va moliya sohasidagi yengilliklar, yer resurslaridan foydalanish, ruxsatnomalar olish tartibini soddalashtirish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?