Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qo‘shrabotda sayyor qabul: murojaatlarga amaliy yechim

11.07.2026
101

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolarning bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar va boshqa masalalar bo‘yicha 90 ga yaqin murojaati qabul qilinib, 40 dan ortig‘i joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida Mustaqillik mahallasi fuqarosi Marhabo Toshbayevaning o‘zini o‘zi band qilish uchun tikuv mashinasi ajratish haqidagi murojaati ijobiy hal qilindi. Partiya faoli va tadbirkor Tog‘ayeva Fotima Bobaqulovna tomonidan unga tikuv mashinasi taqdim etiladigan bo‘ldi.

Har bir murojaat e’tiborda. Asosiy maqsad — aholi muammolariga amaliy yechim topish va odamlarni rozi qilish.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?