“Qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!"
43-Xalqobod saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatligiga nomzodi körsatilgan Botir Zaripov Ğijduvon tumanidagi 48 umumta’lim maktabida hududdagi “Paxtaobod”, “Amirobod” hamda “Toşloq” MFYlaridagi saylovçilari bilan uçraşdi.
Nomzodning saylovoldi dasturidan xalqimiz turmuş farovonligini oşirişga qaratilgan bir qator vazifalar, jumladan ta’lim, tibbiyot va mahalla tizimi bilan boğliq kelgusida bajarilişi lozim bölgan dolzarb vazifalar örin olgan bölib, uçraşuv davomida ularning mazmun- mohiyati haqida söz bordi.
Jumladan, dasturda sifatli ta’limga, yuqori malakali tibbiy xizmatga erişiş zarurligi alohida qayd etilgan. Bu boradagi aniq vazifalarga asosiy urğu berilgan. MFYlar faoliyatidagi “Mahalla yettiligi” tizimi afzalliklari va imkoniyatlari böyiça ham saylovoldi dasturida aniq ravşan bayon etilgan.
Xalqimizning hayotdan rozi bölib yaşaşlari köp jihatdan mahalliy hokimlik organlari bilan xalq örtasidagi köprikka aylanib borayotgan MFYlar faollarining taşabbuskorligi, jonkuyarligiga boğliqligi uçraşuv davomida tilga olib ötildi.