Quriliş sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlaş – dolzarb vazifa
Jamiyatimizda quriliş sohasida islohotlarni samarali taşkil etiş, aholi uçun barpo etilayotgan bino va inşootlarning sifatini ta’minlaş hamda nazorat tizimini takomillaştiriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Şu maqsadda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda uning parlamentdagi fraksiyasi taşabbusi bilan “Bino va inşootlarning sifatsiz qurilişi, quriliş nazoratidagi kamçiliklar hamda ob’yektlar xavfsizligi bilan boğliq muammolar” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Unda O‘zLiDeP vakillari, deputatlar, mutasaddi idoralar, soha mutaxassislari hamda jamoatçilik iştirok etdi. Suhbatda quriliş sohasida kuzatilayotgan muammolar – sifatsiz işlar va materiallar, texnik nazorat tizimining samarasizligi, lisenziya berişda şaffoflik yetişmasligi, korrupsiya holatlari va ob’yektlar xavfsizligiga oid masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Iştirokçilar qonunçilikni takomillaştiriş, nazoratni kuçaytiriş, jamoatçilik iştirokini kengaytiriş hamda raqamli texnologiyalarni joriy etiş böyiça takliflar bildirdilar.
Davra suhbatida ma’lum qilinganidek, Boş prokuratura va Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan örganişlarda 396 ta sifatsiz qurilgan ob’yekt aniqlangan. 200 dan ziyod holat böyiça sudga da’vo kiritilib, 100 dan ortiq noqonuniy quriliş buzilgan.
Yiğiliş yakunida qurilişda sifat va xavfsizlikni ta’minlaş mamlakat taraqqiyoti hamda aholi turmuş darajasini oşirişda ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Şu munosabat bilan işçi guruh tuzilib, tegişli davlat organlariga qonunçilik va amaliy islohotlarga oid takliflar taqdim etiladigan böldi.