Asosiy kontentga o‘tish
Juma 09-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Quyi bo‘g‘in a’zolari kuch sinashdi

09.10.2026
72

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “O‘zLiDeP kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda erkaklar o‘rtasida “NKMK Jamg‘armasi”da tashkil etilgan BPT a’zosi Doston Muhammadiyev 1 o‘rinni egalladi. Navoiy mashinasozlik zavodi qoshidagi quyi bo‘g‘in yetakchisi Faxriddin Jo‘rayev va Qizilqum kon boshqarmasi BPT a’zosi Shuhrat Mirzayev esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Ayollar o‘rtasida esa Navoiy mashinasozlik zavodi vakilasi Lobar Toirova g‘olib bo‘ldi. Qizilqum kon boshqarmasi quyi bo‘g‘ini a’zosi Kamola Abdusamadovaga ikkinchi o‘rin nasib qilgan bo‘lsa, “NKMK Jamg‘armasi” huzuridagi partiya tashkiloti a’zosi Elmira Dilmuratova uchinchi o‘rinni egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?