O‘zLiDeP taşabbusi: 200 nafar urgutlik xotin-qizlar bepul tibbiy körikdan ötkazildi
Urgut tumanida O‘zLiDePning “Salomatlik sari” loyihasi doirasida aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli tibbiy köriklar taşkil etildi. Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Nargiza Abdulleva boşçiligida ötkazilgan tadbirda mahallalarda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş hamda aholining tibbiy madaniyatini oşiriş asosiy maqsad etib belgilandi.
Urgut tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli “Yangi ariq” oilaviy şifokor punktida Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali mutaxassislari iştirokida çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar ötkazildi. Radiolog, kardiolog, akuşer-ginekolog, oftalmolog, pediatr va boşqa yönalişlar böyiça şifokorlar tomonidan 200 nafardan ziyod fuqaro tibbiy körikdan ötkazilib, zarur tibbiy tavsiyalar va yöllanmalar berildi.
Şuningdek, harakatlaniş imkoniyati çeklangan fuqarolarning xonadonlariga borib tibbiy xizmat körsatilişi aholi uçun yanada qulaylik yaratdi. Bunday tadbirlar çekka hududlarda yaşayotgan aholi qatlamiga sifatli tibbiy xizmatni yaqinlaştiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş hamda hayot sifatini oşirişga xizmat qilmoqda.