Rieltorlar tomonidan bildirilgan takliflar Parlamentda muhokama qilinadi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va Özbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qöllab-quvvatlaş markazi tomonidan “Özbekiston köçmas mulk bozori va uning rivojlaniş istiqbollari” mavzusida davra suhbati taşkil qilindi.
Tadbirda “Rieltorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilindi.
Tadbirda Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot va moliya, Adliya vazirliklari, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Özbekiston Rieltorlik taşkilotlari uyuşmasi va Rieltorlik Gildiyasi vakillari iştirok etdi.
Davra suhbatida qonun loyihasining asosiy qoidalari, rieltorlik faoliyatini tartibga solişning amaliy jihatlari, rieltorlik sohasida kasbiy standartlarni joriy etiş va bozor sub’yektlarining javobgarligi masalalari muhokama qilindi. Qonun loyihasining tegişli bandlari böyiça muhokma qilingan takliflarni Parlament muhokamasiga kiritişga kelişib olindi.