Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijroçilarimiz bor
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning “Sodiq Azimov” köçasidagi “Testo” restoranlar tarmoği hamta’sisçisi Zamira Rahmonovaning murojaati çop etildi. Tadbirkor murojaatida korxonasi elektr ta’minotidan uzib qöyilgani, bu esa unga katta iqtisodiy zarar keltirganini ma’lum qilgan. Şuningdek, tadbirkor mas’ullarni tizimli yondaşuv, oçiq muloqot va özaro hurmatga çaqirgan.
Murojaatdan söng ÖzLiDeP vakillari tadbirkor bilan uçraşdi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi deputatimiz Abdumannob Böriyev joyiga çiqib muammoni örgandi.
Örganiş jarayonida tadbirkor turizm köçasini quriş doirasidagi quriliş va ta’mirlaş işlarini tadbirkorlar bilan maslahatlaşiş kerakligini ta’kidladi.
– Hokimiyat tomonidan tavsiya etilgan fasad bizga mos kelmaydi, – deydi tadbirkor. – Biz restoranimizni özimizga mos keladigan dizaynda işlab çiqişni xohladik. Natijada korxonamiz elektr ta’minotidan uzib qöyildi. Orqamizda heç kimimiz yöqligi uçun ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilişga majbur böldik.
ÖzLiDeP deputati tadbirkorning orqasida Prezidentimiz turganini, qolaversa, ÖzLiDeP ham har doim yordamga tayyorligini bildirdi. Şuningdek, deputatimiz “sallasi desa kallasini olib keladigan” ijroçilar hali ham borligini ta’kidladi.
Şundan keyin A.Buriyev elektr ta’minotidan uzib qöyilgan vaqtda restoran qança zarar körgani bilan qiziqdi.
– Elektr uzilişidan nafaqat biz, balki yonimizdagi korxonalar ham ziyon kördi, – deydi Z.Rahmonova. – Ammo zarar miqdorini dalolatnoma qilmadik. Özimiz uçun yana bir katta muammoni yaratgimiz kelmadi. Çunki bu restoranda 70 odam işlaydi. Agar brendimiz yopilib ketsa, 70 odamning hayoti ham izdan çiqişi mumkin. Şu bois yuristlar tomonidan bildirilgan takliflarni rad etdik. Çunki biz elektr ta’minotiga öxşagan idoralar uçun kiçkina odamlarmiz.
Deputatimiz agar tadbirkorlar dardini aytişdan qörqib yuraversa, muammolar hal etilmasligini, muammoni hal qiliş uçun esa qörqmasdan harakat qiliş kerakligini aytib ötdi.
Muloqot sönggida deputat A.Buriyev havotirga aslo örin yöqligi, bunday kimsalar albatta, qonun oldida javob berişi va uşbu holatni öz nazoratiga olişini aytib ötdi. Deputat “agar elektr ta’minoti korxonasini sudga bersangiz, yoningizga turib sizni himoya qilaman”, deb va’da berdi.