Samarqandlik xotin-qizlarga “Tadbirkorlikni noldan boşlaş” böyiça taklif-tavsiyalar berildi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengaşi hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Samarqand davlat veterinariya medesinasi, çorvaçilik va biotexnologiya universitetida “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida “Tadbirkorlikni noldan boşlaş” mavzusida mahorat darsi bölib ötdi.
– Tadbirkorlik – bu faqat moliyaviy erkinlik emas, balki öz orzularingizni röyobga çiqariş, mustaqil qaror qabul qiliş va jamiyatga foyda keltiriş imkoniyatidir, – deydi “Soxiba Art” brendi asosçisi, ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş öquv kursi treneri, Sohiba Qodirova. – Bugungi tadbir xotin-qizlarga ana şu imkoniyatdan samarali foydalaniş yöllarini örgatdi, desak mubolağa bölmaydi.
Tadbirda xotin-qizlarda tadbirkorlik va işbilarmonlik könikmalarini şakllantiriş, ularning biznes faoliyatini töğri taşkil etişga örgatiş böyiça taklif-tavsiyalar muhokama qilindi. Şuningdek ayollarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, xususan, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandçilik, kasanaçilik faoliyatiga keng jalb etiş orqali oilaviy biznesni rivojlantiriş va özini-özi band qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş yöllari haqida fikr yuritildi.