Samarqandda “Işbilarmon ayol–2025” ğoliblari aniqlandi
Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” şiori ostida Samarqand viloyatida “Işbilarmon ayol–2025” körik-tanlovi ötkazildi.
Tanlovda viloyatning barça tuman va şaharlaridan 742 nafar işbilarmon xotin-qizlar qatnaşib, kiçik biznes, oilaviy tadbirkorlik, xizmat körsatiş, hunarmandçilik va fermerlik yönalişlaridagi yutuqlari bilan bellaşdilar. Saralaş bosqiçlari yakunlariga köra, 42 nafar iştirokçi ğolib sifatida taqdirlandi, 14 nafar eng istiqbolli ayollar esa viloyat bosqiçida bellaşiş imkoniyatiga ega böldilar.
Hududiy-respublika bosqiçida birinçi öringa qöşrabotlik tadbirkor ayol Zebiniso Abdurazoqova, ikkinçi öringa urgutlik hunarmand Muqaddam Jabborova, uçinçi öringa esa toyloqlik fermer ayol Mavluda Haydarova munosib deb topildi. Şuningdek, 5 nafar iştirokçi turli nominatsiyalarda e’tirof etildi, 40 dan ziyod xotin-qizlar esa estalik sovğalar bilan taqdirlandilar.
— 15 yildan beri qandolatçilik bilan şuğullanib kelaman, — deydi tanlov ğolibi Zebiniso Abdurazoqova. — Avval öz xonadonimda iş boşlagan bölsam, hozirda “KEYK LEDI ZEBO” nomi bilan qandolatçilik syexim faoliyat körsatmoqda. Syeximizda 10 nafar işçi doimiy band, 100 dan ortiq şogirdlarga pişiriqlarni tayyorlaş sir-asrorlarini örgatdim. Mahsulotlarimizning içki bozorda xaridorgirligi va bu kabi tanlovlarda e’tirof etilişi meni yanada yangi maqsadlar sari ruhlantiradi.