Saylovchilar bilan uchrashuvlar qizg‘in davom etmoqda
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Ruslan Sabirovning ishonchli vakili Doniyor Boltayev, viloyat Kengashi deputatligiga “13-Qo‘shko‘pir” saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod Nazokat Boymuratovaning saylovchilar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatni barqaror taraqqiyot yo‘lidan jadal sur’atlarda yetaklab borishni ko‘zlagan partiya bu galgi parlament saylovlariga 5 maqsad – 500 vazifani o‘z ichiga qamrab olgan xalqchil yangi dasturi bilan kirib borayotgani xususida ma’lumot berib o‘tildi.
Uchrashuvda saylovchilar ham partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohangligi va uni yangi-yangi g‘oyalar bilan to‘ldirilayotgligini takidlab o‘tishdi.