Saylovdan saylovgaça: islohotlar muvaffaqiyati uçun mas’uliyatni zimmaga oliş samarasi
Qizğin kuraş va kuçli raqobat şaroitida ötgan navbatdagi saylovlar ham nihoyasiga yetdi. O‘zLiDePning elektorat işonçini oqlaş yölidagi sa’y harakatlari özining amaliy natijasini berdi. Diqqatga sazovor jihati şundaki, Özbekiston Liberaldemokratik partiyasi boşqa siyosiy kuçlarga nisbatan katta ustunlik bilan ğalaba qozondi.
Parlament quyi palatasi deputatlari saylovi böyiça bir mandatli 75 ta saylov okrugining 38 tasida O‘zLiDePdan körsatilgan nomzodlar köp ovoz olişga erişgan bölsa, yagona saylov okrugi böyiça 75 ta deputatlik örnining 26 tasi maslakdoşlarimizga nasib etdi.
Şunday qilib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi jami 150 ta deputatlik örnining 64 tasi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberaldemokratik partiyasiga tegişli böldi. Bu – mamlakat parlamentida mutlaq köpçilik, eng yirik fraksiya degani. Muhim masalalar böyiça qaror qabul qilişda sezilarli darajadagi ustunlik degani.
Elektorat vakillari partiya ğoyalarining hayotiyligini, Saylovoldi dasturida ilgari surilgan taklif va taşabbuslarni e’tirof etganining tasdiğidir bu. Millionlab saylovçilarning “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun!” umumiy da’vatiga tayangan holda amalga oşiriladigan işlar pirovardida farovonlikka eltişiga işonganining dalilidir bu.
Xöş, O‘zLiDeP nimalar hisobiga raqobatçilarini ortda qoldirdi? Maqtovga arzigulik yutuq zamirida qanday omillar mujassam? Yangi saylov tizimida ötkazilgan bu galgi siyosiy jarayonlarda partiya qanday texnologiyalardan foydalandi? Tarğibot tadbirlarida quruq rasmiyatçilikdan voz keçib, samimiy muloqotga köproq urğu berilişi neçoğli ahamiyat kasb etdi? Xalqaro tajribadan kelib çiqqan holda, innovatsion taşviqotga e’tibor kuçaytirilgani özini oqladimi?
Quyida ana şunday savollarga çuqur tahlil va taqqos asosida aniq javob berişga harakat qilamiz. Avvalgi saylovlardan to hozirgisiga qadar ötgan davrda partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va parlamentdagi fraksiyasi, hududiy bölinmalar va boşlanğiç taşkilotlar tomonidan e’tibor qaratilgan ustuvor yönalişlar xususida atrofliça söz yuritamiz. Yangi zamonda yangiça uslublarni qöllayotgan “Yoşlar” va “Ayollar” qanotlari intilişidagi hal qiluvçi jihatlarga, noyob va ta’sirçan topilmalarga nazar taşlaymiz. Şu asnoda muzaffarlik manzilini tobora yaqinlaştirgan jonli faoliyatning öziga xos qirralari namoyon bölişi tabiiy, albatta.
Yakşanba kungi voqelik MSK raqamlari talqinida
Bu yil mamlakatimiz tarixida birinçi marta aralaş saylov tizimi sinovdan muvaffaqiyatli ötdi. Mazkur yangilikning joriy etilişi siyosiy partiyalar örtasidagi raqobatni har qaçongidanda kuçaytirib, jamiyatdagi demokratik muhitga bamisoli quvvat bağişlagani saylovoldi taşviqoti davomida yaqqol namoyon böldi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar, tuman va şahar kengaşlariga saylovni 850 dan ortiq xorijiy kuzatuvçilar bevosita kuzatib borgani e’tiborga loyiq.
27 oktabr kuni saylov jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) videotranslyatsiya qiliş maqsadida yurtimiz hududlaridagi tegişli texnik talablarga muvofiq bölgan saylov uçastkalarida videokameralar örnatildi.
Mazkur saylovlarning öziga xos jihatlaridan yana biri – saylovçilarning fuqarolik mas’uliyati, izçil islohotlarga daxldorlik tuyğusining yanada oşganligi bilan boğliq. Buni jami 15 mln 27 ming 529 nafar saylovçi ovoz bergani ham körsatib turibdi. Bu esa ovoz bergan saylovçilar umumiy sonining 74,72 foizidan iboratdir. Hatto rivojlangan davlatlarning hammasi ham bunday körsatkiçga erişişi dargumon.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlarga köra, yagona saylov okrugi böyiça Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga deputatlar saylovi natijalari böyiça O‘zLiDeP 5 mln 194 ming 41 ta yoki 34,75 foiz ovoz töpladi.
Ikkita saylov tizimi böyiça, ya’ni deputatlikka nomzodlarga va partiyalarga berilgan ovozlar böyiça Qonunçilik palatasiga saylangan jami 150 nafar deputat tarkibining partiyaviy mansubligi quyidagiça böldi:
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 64 ta örin yoki 42,7 foiz, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan – 29 ta örin yoki 19,3 foiz, Özbekiston “Adolat” sotsialdemokratik partiyasidan – 21 ta örin yoki 14 foiz, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 20 ta örin yoki 13,3 foiz, Özbekiston Ekologik partiyasidan – 16 ta örin yoki 10,7 foiz.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga bölib ötgan saylov demokratik huquqiy davlat quriş va fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, aholi farovonligini yanada yuksaltiriş, öz oldimizga qöygan yuksak maqsadlarga erişiş yölida xalqimiz ahillik, özaro hamjihatlikda harakat qilayotganini yana bir bor namoyiş etdi.
Yangilikka asoslangan liberal ğoyalar – taraqqiyot tayançi
“Ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uçun poydevor bölib xizmat qilişi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yöqmi, xalqimiz jadid bobolarimiz körsatib bergan yöldan oğişmay borişi kerak. Çunki ularning ğoya va dasturlari Yangi Özbekistonni barpo etiş strategiyasi bilan har tomonlama uyğun va hamohangdir”.
Prezident Şavkat Mirziyoyev bu ibratli fikrni 2023-yilning dekabrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengaşi yiğilişida barçabarçamizga alohida uqtirgan edi. Mazkur fikrning bugungi siyosiy jarayonlarga aloqasi Özbekiston Liberaldemokratik partiyasi “Özbekiston – 2030” strategiyasini töliq amalga oşiriş mas’uliyatini zimmasiga olgan yetakçi siyosiy kuçligiga bevosita boğliq.
Modomiki, XX asr boşida şakllangan jadidlar harakatining ham, XXI asr boşida siyosiy maydonga çiqqan O‘zLiDePning asosiy ğoyalari ham yangilikka intilişdan, masalalar yeçimiga innovatsion yondaşişdan, dogmatik dunyo qaraşni kreativ mulohaza yuritişga aylantirişdan, elu yurtni taraqqiyotga boşlaşdan, yoşlarni azmu şijoatga undaşdan iborat. Ergaşuvçi emas, ergaştiruvçi maqomini yanada mustahkamlaş orqali Vatan ravnaqi uçun kamarbastalik qiliş, demokratik jarayonlarda raqobatçilardan hamişa bir qadam oldinda yuriş – boş maqsaddir.
Jadidçilik harakati yetakçilaridan biri Mahmudxöja Behbudiy jamoatga qarata “Töğrisini aytmagunça işlar töğrilanmas” deya murojaat qilgan bölsa, O‘zLiDeP har bir insonga, eng avvalo, qulay atrofmuhitga ega adolatli davlat kerak, degan ğoyani öz Saylovoldi dasturida ilgari surdi.
Abdulhamid Çölpon “Ol bayroğingni, qalbing uyğonsin. Qur yangi davlat, yovlar örtansin!” deya da’vat qilgan bölsa, O‘zLiDeP xalq xizmatidagi zamonaviy davlatni barpo etiş vazifasini Yangi Özbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri sifatida körmoqda. Va otaşin jadid nazdidagi muzaffarlik tuğini oçiq va oşkora kuraş maydonida boşqa siyosiy kuçlarga boy bermaslik uçun şahdam harakat qilmoqda.
Alohida ta’kidlaş joizki, joriy yilgi saylovlarda O‘zLiDePning ğolib bölgani ana şunday kuçli poydevorga tayangani tufaylidir. Çunki, partiyaning elektoratga taklif etgan loyihalari hayotiy, taşabbuslari jöyali. Ularning har biri aniq natijaga xizmat qilişi bilan kattayu kiçikning e’tiborini tortdi. Şuning uçun aksariyat saylovçilar liberaldemokratlar uçun ovoz bergani tabiiy.
Jadidlar “Onam tili, otam uyi, bolam orzusini heç kimga bermayman!”, degan uluğ niyat bilan YaNGI KUÇ sifatida maydonga çiqqan edi. Ular “Tilda, fikrda va işda birlik!” da’vatini öz faoliyatining asosiy maqsadi etib belgilagan edi. O‘zLiDeP esa SÖZI VA IŞI BIR partiya sifatida kuçli raqobat ostidagi saylovlarga kirişdi. Oçiq va keskin kuraş jarayonida öz elektoratiga suyangan holda xuddi jadidlarga uyğun ravişda “BIRGALIKDA BIZ KUÇMIZ” şiorini baland kötarib harakat qildi va elektorat işonçini qozondi. – Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli demokratik islohotlar yurtimiz qiyofasini tubdan özgartirib yubordi, – deydi saylov natijalari e’lon qilingan kuni biz bilan muloqot çoğida O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov. – Ayniqsa, keyingi yillarda xalqimiz turmuşi yuksalib, qişloq, mahalla, tumanlarimiz obod va körkam bölib bormoqda. Yurtimizda yaşayotgan har bir inson bu kabi tarixiy özgarişlarni öz hayotida, yaşayotgan mahallasi, qişloği, ovulida teran his qilmoqda.
Bunday yangilanişlar jahon hamjamiyatining ham e’tiborini tortmoqda. Nufuzli xalqaro moliyaviy-siyosiy taşkilotlar, taniqli siyosatçilar özining xolis va ijobiy bahosini bermoqda. Mana, masalan, saylov arafasi va ovoz beriş kuni Özbekistonda bölgan mingga yaqin çet ellik ekspertlarning deyarli hammasi şunday fikrlarni bildirdi.
Demokratik islohotlar natijasida saylovlarda fikrini erkin ayta oladigan, ijtimoiy faollaşgan, bir söz bilan aytganda, oçiq axborot makonidan foydalanayotgan saylovçilar qatlami şakllangani endilikda manaman deb böy körsatib turibdi. Bunga, nainki, havas qiluvçilar köpaygani, hatto hasad qilayotganlar borligi ham heç kimga sir emas. Ma’lumki, saylovçilar öz manfaati, biror-bir masalaga munosabatini mamlakatdagi siyosiy partiya, uning ğoya va maqsadlarini qöllab-quvvatlaş orqali bildiradi.
Şundan kelib çiqib, keçagi saylovda O‘zLiDeP, eng avvalo, 1 million 600 mingdan ziyod a’zolariga, asosiy ğoyalariga xayrixoh yana köplab yurtdoşlarimizga tayanib ulkan yutuqqa erişdi, desak mubolağa qilmagan bölamiz.
Asosiy tirgaklardan biri fraksiyadir
Saylovlarning ijtimoiysiyosiy ahamiyati naqadar kattaligini hammamiz yaxşi tuşunamiz. Unda har bir fuqaro öz taqdiri, orzuistaklari röyobga çiqişi uçun ovoz beradi. Şu ma’noda, galdagi saylov “Mening tanlovim – obod Vatanim” şiori ostida kötarinki ruhda va yuksak uyuşqoqlik bilan ötganida ham ulkan ma’nomazmun mujassam. Taşkil etilganiga qariyb çorak asr bölgan bugungi O‘zLiDeP esa Özbekistonning siyosiy sahnasida köp sonli a’zolar va tarafdorlariga ega bölgan, farovon hayotni ta’minlaşda yetakçi rolni öynaydigan xalqçil partiyaga aylana oldi.
Murakkab vazifalarni öz zimmasiga oladigan, mamlakatimiz va xalqimizning manfaatlari yölida harakat qilişga qodir siyosiy kuç sifatida özini yaqqol körsatdi. Elektorat vakillarining aksariyati partiyamizga ovoz berişida ötgan saylovoldi dasturimiz 5 ta yönalişni qamrab, 200 dan ortiq aniq vazifalarni öz içiga olgani va ularning aksariyati töliq bajarilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Beş yil davomida parlamentda 53 nafar deputatdan iborat tarkibda faoliyat körsatgan fraksiyamiz a’zolari Saylovoldi dasturidagi barça yönalişlarga aloqador bölgan, maqsad va ğoyalarimizni amalga oşirişga huquqiy asos sifatida xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilişda faol bölişdi.
Xususan, 20202024 yillarda parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan 404 ta qonunning har biri fraksiyamiz deputatlari tomonidan atrofliça muhokama qilinib, qöllabquvvatlandi. Şu bilan birga, 41 ta qonun loyihasi bevosita fraksiyamiz deputatlari tomonidan, şundan 24 ta qonun loyihasi boşqa fraksiyalar bilan birga taşabbus huquqidan foydalangan holda işlab çiqildi. Soliq kodeksiga biznes muhitini yaxşilaşga qaratilgan özgartişlar kiritiş, Fuqarolik kodeksini mulk huquqiga doir munosabatlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiluvçi qöşimçalar bilan töldiriş töğrisidagi qonun loyihalari bevosita O‘zLiDeP deputatlari taşabbusi bilan tayyorlandi. Bir söz bilan aytganda, parlamentdagi fraksiyaning faol iştiroki asosida qabul qilingan qonunlarning aksariyati elektorat manfaati uçun xizmat qildi. Misol uçun, Bojxona, Yer va Şaharsozlik kodekslari tadbirkorlarni rağbatlantiradigan normalar bilan boyitildi, ma’muriy va iqtisodiy javobgarlik masalalari liberallaştirildi.
Deputatlarimiz uyjoy daxlsizligi hamda undan körilgan zararning qoplanişini kafolatlaydigan qonun loyihasini takomiliga yetkazişda ham ibrat böldi. Şuningdek, “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun bilan köpçilik kutayotgan va millionlab oilalarga daxldor muammo hal etiladigan böldi. Uşbu hujjatning hayotga tat biq etilişi uzoq yillar mobaynida odamlarni qiynab kelgan uyjoyga egalik borasidagi dolzarb masalalarni huquqiy jihatdan yeçiş asosini yaratdi.
Saylovçilar partiyaning asosiy tirgaklaridan sanalgan fraksiyaning mana şunday harakatlarini yuqori baholangani uçun ham öz ovozini O‘zLiDePga bergani ulkan yutuqning omillaridan yana biridir, desak yanglişmaymiz.
Yangi Saylovoldi dasturining yangiça taşviqoti
Endi 20242029 yillarga möljallangan yangi Saylovoldi dasturimizning elektorat vakillarining ongi va qalbiga kirib borgan ğoyalari xususida töxtalsak örinli böladi. Kelgusi beş yilning yöl xaritasi sanalgan bu dastur Şavkat Mirziyoyevning “Barçamiz birgalikda kelajakka işonç bilan intilib, butun diqqat-e’tiborimizni oldimizda turgan vazifalarni hal etişga qaratişimiz, xalqimiz kutayotgan, davrning özi talab etayotgan yangi ğoya va taşabbuslarni ilgari surişimiz lozim” – degan uluğvor sözlariga asoslanib tayyorlanganini alohida ta’kidlaş joiz.
“ERKIN VA FAROVON, QUDRATLI YaNGI ÖZBYeKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ!”, degan boş şiorimiz ham ana şu da’vatga uyğunlik va hamohanglikda tanlandi. Saylovoldi tarğiboti “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun” tamoyili doirasida ötkazilgani yoşu qarini baravar qiziqtira oldi.
Ta’bir joiz bölsa, aksariyat saylovçilar partiyadan aynan mana şunday harakatni kutayotganini yaşirib ötirişmadi. Mazkur dastur loyihasi yirik boşlanğiç partiya taşkilotlari, tuman, şahar va hududiy kengaşlarimizda muhokama qilinib, aniq takliflar bilan boyitilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Unda 5 muhim yönalişdagi 500 vazifa öz aksini topgani saylovçilarga ma’qul kelgani natijalardan ma’lum bölib turibdi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan hayotga keng tatbiq etilayotgan “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan barqaror iqtisodiy ösiş orqali har bir inson oila va jamiyat farovonligiga erişiş boş maqsadimiz ekaniga, tadbirkorlar va işbilarmonlar uçun yanada qulay muhit yaratiş orqali ularning sonini kelgusi beş yilda 2 barobarga oşiriş uçun iş olib borişimizga xalqimiz işongani uçun bizning partiyamizga ovoz bergani ham rost. Davlatxususiy şeriklik loyihalarini suv xöjaligi, ekologiya, energetika va boşqa sohalarda köpaytiriş, davlat xaridlarining şaffofligi va xususiy sektor uçun qulayligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilişi, Özbekistonni investitsiyalar uçun yanada qulay makonga aylantirişga qaratilgan huquqiy asoslar takomillaştirilişi elektorat ruhini kötardi.
Tadbirkorlarimizning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş, jumladan, Jahon savdo taşkilotiga qöşilişni jadallaştiriş borasidagi hukumatimiz sa’yharakatlarini qöllabquvvatlayotgani partiyamizning yana bir yutuğidir. Oziqovqat xavfsizligini ta’minlaş masalalari diqqat markazida bölişi, organik mahsulot yetiştirayotgan fermer xöjaliklari uçun soliq imtiyozlarini joriy etiş taklif etilgani, har yili kamida 500 ming barqaror iş joylari, bir million oila a’zosiga daromadli mehnat uçun şaroit yaratiş, monomarkazlar va nodavlat ta’lim muassasalari orqali kasbhunarga öqitiş kölamini beş barobarga oşiriş, bir million fuqaroni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga örgatiş nazarda tutilgani saylov payti ovozlar sezilarli ravişda köp bölişiga zamin yaratdi.
Yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq Özbekistonning “ijtimoiy davlat” sifatida e’lon qilinganligi O‘zLiDeP zimmasiga yanada katta mas’uliyat yukladi. Har bir insonning, yoşlarimizning salohiyatini oşirişga qaratilgan sifatli ta’lim, işonçli tibbiyot va manzilli ijtimoiy himoyani ta’minlaş özözidan bölmaydi, albatta. Tibbiyot sohasida 2030 yilga qadar ajratiladigan yillik mablağlar hajmini 2 karra oşiriş, tibbiy suğurta tizimini tölaqonli joriy etiş, nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatiga ruxsat beriş va litsenziyalaş tartibini soddalaştirişga alohida e’tibor qaratilgani ham öz natijasini namoyon etdi.
O‘zLiDeP yoşlar uçun maqbul iş örinlari yaratiş, tadbirkorligini qöllabquvvatlaş, xususan, öz biznesini ijaraga olingan binoda boşlayotgan yoşlarimizga bir yillik ijara xarajatining yarmisini qoplab beriş, ular uçun uyjoylar quriş va imtiyozli ipoteka tizimini kengaytiriş tarafdori ekanligi elektorat safining kengayişiga xizmat qildi.
“Musaffo havo – 2030” milliy dasturi nimani anglatadi?
Ana şu savolga ijobiy javob topgan saylovçi borki, byulletenda liberaldemokratlar qatorini izlagani va ikkilanmasdan belgi qöygani haqiqat. Zukko otabobolarimiz keçiktirib bölmaydigan masalalar haqida gap ketganda, SUV VA HAVODAY ZARUR, degan iborani qöllaşgan. Biz ham yaqinyaqingaça doim şu ta’rifdan foydalanganmiz. Ammo globallaşuv zamoniga kelib, toza suv va toza havoga boğliq muammolar yuzaga çiqib, bu bebaho ne’matlarning özini muhofazalaş uçun jiddiy harakat qiliş zarur bölib qoldi.
O‘zLiDeP esa şu ötkir masalani Saylovoldi dasturiga kiritgani elektoratni jonlantirdi. Misol uçun, Özbekiston miqyosida atmosferaga taşlanadigan çiqindi gazlarining hajmi yiliga 2 million 449 ming tonnani taşkil etayotir. Şundan 60 foizi köçalarni töldirib yurgan turlituman avtomobillar hissasiga töğri keladi. Eng yomoni, uşbu körsatkiç rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda belgilangan me’yorlardan 3 baravar köproq. IQAir portalining 2024 yil 21 fevral kuni tarqatgan rasmiy ma’lumotiga köra, Toşkent şahrida havoning ifloslaniş darajasi ön marta oşgan. Ertalab soat 09:30 da mamlakatimiz poytaxtidagi kuzatuv stansiyasi 247 AQI körsatkiçini qayd etgan. Bu esa Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining havo sifati böyiça yöriqnomasidagi raqamlardan ança yuqoridir.
O‘zLiDeP faollari uşbu yönalişdagi muammolarni örganiş barobarida ifloslaniş manbalariga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, sanoat korxonalari, transport vositalari, quriliş işlari va kömirdan foydalaniş havo ifloslanişining asosiy manbalari hisoblanadi. Özbekistondagi köplab şaharlarda bu manbalarning ta’siri uzoq yillar davomida tobora yomonlaşib bormoqda. Boisi, bizda havo sifati monitoringi uçun mavjud infratuzilmalar va texnologiyalar zamon talablaridan ortda qolgan.
Bu esa ifloslaniş darajasini aniqlaş va uning oldini oliş çoralarini körişda qi yinçiliklarni keltirib çiqaradi. Atrofmuhitni muhofaza qilişga qaratilgan qonunçilik mavjud bölsada, uning amaliyotda bajarilişida qator nuqsonlar bor. Hatto kam sonli taşabbuslarning moliyalaştirilmasligi yoki yetarli resurslar ajratilmasligi ifloslanişning davom etişiga zamin yaratyapti.
Ya’ni, ekologik madaniyat va ekologik ong pastligi muammoning yanada kuçayişiga sabab bölayotir. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Özbekiston Liberaldemokratik partiyasi havo ifloslanişini kamaytiriş strategiyasini işlab çiqiş zarur, deb hisoblaydi. Bundan taşqari, toza energiya manbalarini rivojlantiriş maqsadida havo sifatiga salbiy ta’sir körsatadigan kömir va neft mahsulotlaridan foydalanişni qisqartiriş, quyoş, şamol va boşqa qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etişni rağbatlantiriş lozim.
Xullas, Özbekistonda “Musaffo havo – 2030” milliy dasturini qabul qiliş va izçillik bilan amalga oşirişni davrning özi taqozo etmoqda. Partiya faollariga köra, ifloslaniş manbalarini kamaytiriş va toza energiya manbalarini rivojlantiriş orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaş mumkin böladi. Bu ham atrofmuhitni muhofaza qiliş, ham iqtisodiy rivojlaniş uçun muhimdir.
Boşqaça aytganda, “Musaffo havo – 2030” milliy das turi Özbekistonda ekologik barqarorlik va aholi salomatligini ta’minlaşga qaratilgan dolzarb taşabbusdir. Xalqaro tajribadan foydalaniş orqali mamlakatda havo sifati böyiça ilğor standartlar va texnologiyalarni joriy etiş keçiktirib bölmaydigan masala sanaladi. Buning uçun esa zararli çiqindilarni nazorat qiliş mexanizmlarini joriy etiş, işlab çiqariş korxonalari va avtotransport vositalarining zararli gazlari uçun çegaralarni aniq belgilaş va unga qat’iy rioya etiş tartibini kuçaytiriş darkor.
Sanoat korxonalarida zamonaviy filtrlaş va qayta işlaş texnologiyalarini joriy qiliş orqali zavod va fabrikalarda çiqindilarning miqdorini qisqartiriş ham ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Elektr energiyasida harakatlanadigan avtomobillar va gibrid transport vositalarini kengaytiriş hamda ulardan foydalanişni tarğib qiliş kerak.
Ayni jarayonni jamoat transporti va velosiped yöllarini rivojlantiriş orqali avtomobillar sonini kamaytirişga qaratilgan harakatlar bilan uyğunlaştiriş samaradorlikni oşirişi şubhasiz. Şundagina mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxşilaş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, çiqindilarning insonlar soğliğiga zararli ta’sirini oldini oliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, sanitariya holati sifatini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan kompleks çoratadbirlar öz natijasini berişi şubhasiz.
Işonç uçun, imkon uçun taşakkur
Saylov yakunlariga bağişlangan şarhimiz sönggida elektoratga ana şunday tarzda minnatdorçilik bildiriş bizning şarafli insoniy burçimizdir. Zero, kamina ham ançadan buyon şu partiya faoli sanaladi. Istiqbolli ğoyalar taşviqotida men ham ozmiköpmi hissa qöşganimdan xursandman.
Demak, tarğibot töğri yönalişda keçgan. Demak, saylovçiga dasturlar ahamiyatini yetkazişda odil va oqil usul tanlangani rost. Endiga vazifa esa yanada oğir. Sportçilarga qiyosan aytganda, çempionlik maqomini saqlab qoliş çempion bölişdan ham murakkabroq. Modomiki, partiyaning Saylovoldi dasturidagi barça hayotiy vazifalarni bajariş, ado etmoq juda katta mas’uliyat, bilim va malaka, kuçli salohiyatni talab qiladi.
Partiyadoşlarimizni, bizga işonib ovoz bergan barça saylovçilarni uşbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlagan holda, ularga farovon hayot yölidagi umidlari sönmasligi, işonçlari oqlanmoğini tilaymiz. Demak, biz hamişa barça imkoniyatlarimiz, orttirgan tajribalarimizni oldinda belgilangan maqsad va rejalarni röyobga çiqarişga qaratamiz. Çunki biz uçun eng muhim hayotbaxş şior: “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun!”. O‘zLiDeP erkinlik, mulk daxlsizligi, huquqiy davlat, inson qadri har narsadan uluğ yurt tarafdori!
Ozod RAJABOV,
“XXI asr” şarhlovçisi
“XXI asr” gazetasining 2024-yil 31-oktabr 44 (1094) –sonida çop etilgan.