Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 13-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sayyor qabulda 50 ta murojaatning 30 tasi joyida hal etildi

13.05.2026
125

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 300 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldi. Qabul davomida jami 50 dan ortiq murojaat kelib tushib, ularning 30 tasi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rovlar yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Murojaatlar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarni qamrab oldi. Shuningdek, keksalar uchun Samarqand shahriga ma’rifiy sayohat tashkil qilinib, ular Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdi. Bu tashabbus fuqarolar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Sayyor qabul doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadonlariga ham borilib, ularning holidan xabar olindi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 21 yoshida avtohalokatga uchrab, 36 yildan buyon nogironlikda yashayotgan fuqaroga sihatgohga yo‘llanma rasmiylashtirib berildi. Bunday amaliy ishlar “Xalq bilan birga” dasturining inson qadri va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilganini yana bir bor namoyon etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?