Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 25-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sayyor qabulda karmanalik 43 ta fuqaroning murojaati hal qilindi

25.06.2026
28

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Karmana tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bandlik, yo‘l ta’miri, elektr ta’minoti, ijtimoiy yordam va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid 52 ta murojaat bildirildi.

Murojaatlarning 43 tasiga joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yechim topildi. Qolgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir davomida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, hududlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?