Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 07-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Shahrixonda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, murojaatlar yechimi ta’minlanmoqda

07.10.2026
36

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi qator mahallalar va ijtimoiy-iqtisodiy ob’yektlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, shuningdek, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning aholi hayotidagi ahamiyati tushuntirildi. “Oq tunlik” mahallasidagi muloqotlarda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning hududdagi ijrosi o‘rganildi. Deputat “Oq tunlik” mahallasidagi “Devatag‘i” ko‘chasida yashovchi Mashrabxon Mo‘ydinov xonadonida bo‘lib, uning yashash sharoiti bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida fuqaroni uy-joy bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilib, murojaat ijobiy hal etildi.
Odinaxon Otaxonova, shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yo‘l ta’miri uchun mablag‘ ajratilgan ko‘chalardagi ishlar holatini o‘rgandi. Jumladan, “Devatag‘i” ko‘chasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining sifati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ko‘chadagi elektr ta’minoti, elektr simlari va beton ustunlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?