Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 22-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Shofirkonda “Yaxshilik marafoni” aksiyasi o‘tkazildi

22.06.2026
89

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Shofirkon tumanida “Yaxshilik marafoni” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya davomida partiya faollari, deputatlar, yoshlar va volontyorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi. Ehtiyojmand xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan, “Shodlik” mahallasida yashovchi Hakima aya Hakimovaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi, “Bobohaydar” mahallasidagi Oliya Muxammedovaga esa nogironlik aravachasi berildi.

Mazkur aksiya mehr-oqibat, saxovat va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?