Ta’lim sifatini oşiriş, pedagoglarni tayyorlaş va malakasini yuksaltiriş tizimi takomillaştiriladi
Sönggi yillarda Özbekiston ta’lim tizimi zamonaviy dunyo talablariga moslaşiş yölida yangilanib, takomillaşib bormoqda. Bu jarayonda ta’lim tizimiga ajratilayotgan mablağlarning sezilarli darajada oşişi muhim rol öynamoqda.
Zero, oxirgi yetti yilda sohaga ajratilayotgan mablağlar sezilarli darajada oşdi. Buning hisobiga maktablarda 1 million va boğçalarda 1,5 million yangi örinlar yaratildi. Natijada, maktabgaça ta’lim qamrovi 3 barobarga oşib, 78 foizga yetdi. Bu, albatta, infratuzilmaviy islohotlarda katta bosqiçdir.
Ammo, ta’lim tizimining samaradorligini oşiriş uçun faqat infratuzilmaga e’tibor qaratiş yetarli emas. Pedagoglarning malakasi va sifati, ta’lim jarayonining samaradorligi ham muhim ahamiyatga ega.
Kuni keça Prezidentimiz raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida sohadagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratilib, pedagog-kadrlar tayyorlaş va malaka oşiriş tizimini takomillaştirişga böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ta’lim tizimidagi özgarişlar, xususan, ilğor mamlakatlar tajribasiga moslaştirilgan yangi dasturlar, zamonaviy darsliklar va jihozlar bilan birga, muallimlarning malakasi va yangi metodikalarni özlaştiriş darajasi haqidagi savollarni ham kötaryapti. Ya’ni, ta’lim tizimidagi modernizatsiya faqat moddiy jihatdan emas, balki pedagoglarning kasbiy rivojlanişi, yangi ta’lim texnologiyalarini özlaştirişiga ham boğliq.
Mazkur jarayonda ikki yil oldin toifa beriş tizimi şaffof, raqamlaşgan platformaga ötkazilgani haqiqiy ahvolni körsatdi. Ötgan yili 341 ming öqituvçi yangi tizim asosida toifaga topşirgan bölsa, şundan 102 ming nafari imtihondan öta olmagan. Bu muammoni hal etiş uçun ta’lim tizimidagi islohotlarni tezlaştiriş böyiça “favqulodda töqson kunlik” tartibi joriy etiladi. Ta’lim sifatini oşiriş, pedagoglarni tayyorlaş va malakasini yuksaltiriş tizimi mukammallaştiriladi.
Davlatimiz rahbari ta’limda sifat bölişi uçun eng avvalo, pedagoglarni tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi bunga tayyor bölişi kerakligiga alohida urğu berdi. Şundan kelib çiqib, Avloniy malaka oşiriş instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta taşkil etilişi belgilandi.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi özgarişlar, yangi dasturlar, zamonaviy darsliklar va texnologiyalar muallimlardan yuqori malaka va yangi bilimlarni talab qiladi. Avloniy malaka oşiriş institutining transformatsiyasi muallimlarning malakasini oşirişga qaratilgan işlarni hududiy miqyosda taşkil etiş imkonini beradi. Bu, muallimlarning öz hududlarida öqiş imkonini yaratib, ularning vaqt va mablağlarini tejaydi.
Yana bir e’tiborli jihat, Avloniy nomidagi malaka oşiriş instituti andozasi endi hududlardagi malaka oşiriş markazlariga ham köçadi. Bunda faqat binolar quriş, atrofini obodonlaştiriş emas, balki u yerdagi muhit, moddiy texnik baza, malakali kadrlar, bilim va tajriba ham birxillaştiriladi.
Joriy yilda pedagogika oliygohlari va malaka oşiriş markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan şunçadan muallim xorijga yuborilişi ularning jahon ta’lim tizimidagi eng yaxşi amaliyotlar bilan tanişişiga, yangi pedagogik yondaşuvlar, metodikalar va texnologiyalarni örganişiga imkon beradi. Bu öz navbatida, ta’lim tizimidagi islohotlarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Şu nuqtayi nazardan, biz deputatlar belgilangan maqsad va vazifalarning samarali amalga oşirilişini nazorat qilişga, ta’lim tizimidagi islohotlarning natijadorligini ta’minlaşga yanada faol va taşabbuskor bölişimiz zarur. Zotan, sifatli ta’lim — kelajak poydevoridir.
Şahnoza XOLMAXAMATOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati