Singapur menejmentni rivojlantirish institutida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbirda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Ravshan Fazilov, Durbek Axmedov, Gulnora Rasulova va mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar, partiya faollari hamda saylovchilar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqgan nomzodlar tomonidan partiya saylovoldi dasturining 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmi 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 4 ming dollarga yetkazishni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ish bilan ta’minlab kelayotgan tadbirkorlarlarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar berishni, og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar uchun kredit ta’tillari berish tizimini joriy etish, soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliqni to‘lash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish, soliq stavkalarining o‘zgarmasligini ta’minlovchi siyosat yuritish, budjetdan tibbiyotga ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini kamida 2 karra oshirish, kafolatlangan bepul tibbiy yordam, “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish kabi maqsadlar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tishdi.
Targ‘ibot tadbirida deputatlikka nomzodlar saylovchilarni bo‘lajak saylovda O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolishdi.