Asosiy kontentga o‘tish
Juma 09-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sirdaryolik kreativ tadbirkor yoshlar taqdirlandi

09.10.2026
16

Sirdaryo viloyatida yoshlarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi o‘tkazildi.
“Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi forumda yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi, innovasion yondashuv va tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirishi muhimligi ta’kidlandi. Forum davomida ishtirokchilar o‘zlari egallagan kasb-hunar bo‘yicha mahoratlarini namoyish etib, ijodiy ishlari, innovasion g‘oyalari va amaliy loyihalarini taqdim etdilar. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bunday tadbirlar yoshlarning tashabbuskorligi, yaratuvchanligi va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Forum yakuniga ko‘ra, innovasion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ajralib turgan kasbiy mahorat texnikumi yoshlari 1-o‘rinni, “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yoshlari 2-o‘rinni, Shirin energetika texnikumi yoshlari esa 3-o‘rinni egalladi. Gʻoliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?