Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 28-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Soliq ma’murçiligini soddalaştiriş tarafdorimiz

27.09.2024
1128

O‘zLiDePning mamlakatimizda qulay tadbirkorlik muhitini yaratiş maqsadida amalga oşirgan sa’y-harakatlari natijasida soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Şuningdek, mulk soliği stavkasi 5% dan 1,5% ga, QQS stavkasi 20%dan 12%ga tuşirildi. Iş haqiga nisbatan soliq yuki 2 baravar kamaytirildi.

Ayni yönalişdagi islohotlarni davom ettiriş maqsadida partiyamiz öz Saylovoldi dasturida soliq ma’murçiligi tizimini soddalaştiriş, barça tadbirkorlar uçun soliqni tölaş borasida adolatli va teng şaroitlar yaratiş masalalarini kiritgan.

Sodda va adolatli soliq tizimi tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantirişning eng maqbul yöllaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, zamonaviy biznesda soliq ma’murçiligi tadbirkorlar uçun moliyaviy hisob-kitoblarning töğri va aniq bölişiga xizmat qiladi. Soddalaştirilgan soliq ma’murçiligi davlat daromadlarini yiğişni ta’minlabgina qolmay, qulay işbilarmonlik muhitini yaxşilaşda ham muhim rol öynaydi. Samarali soliq ma’muriyati investitsiyalarni jalb qiliş, tadbirkorlikni rağbatlantiriş va iqtisodiy ösişga kömaklaşiş orqali korxonalarning raqobatbardoş ustunligiga sezilarli ta’sir körsatadi. Soliq ma’murçiligini takomillaştiriş mamlakatimizda iqtisodiy ösişni va innovatsiyalarni rağbatlantiradigan yanada mustahkam va raqobat muhitiga yöl oçib beradi.

Tadbirkorlar uçun qulay işbilarmonlik muhitini ta’minlaş, soliq yukini yanada kamaytiriş, sohada raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş orqali soliq idoralari va tadbirkorlar örtasidagi muloqotda inson omilini keskin çeklaş maqsadida partiyamiz öz saylovoldi dasturida uşbu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda.

Partiyamizning mazkur taşabbusi öz elektorati manfaatlarini himoya qiliş va ğoyalariga sodiq ekanligidan dalolat beradi. Şuningdek, mazkur taşabbusning amalga oşirilişi tadbirkorlarga yengilliklar beriş orqali yangi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelişiga hamda yangi iş örinlari yaratilişiga xizmat qiladi. Bularning barçasi yakunda aholi farovonligi va mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanişini ta’minlaydi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?