Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 13-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

So‘nggi 7 oyda Xorazm viloyatida 4 400 ta yangi korxona tashkil etildi

11.09.2025
101

Urganch shahridagi IT PARK Xorazm filiali majlislar zalida O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha OʻzLiDeP Xorazm viloyati Kengashining oldida turgan vazifalar to‘g‘risida fikr yuritildi.
Ta’kidlanganidek, 2016 yilda Xorazm viloyatida 10 mingta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 40 mingtaga yetdi. Joriy yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida viloyatda 4 400 ta yangi korxona tashkil etildi.
Deputatlar davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etish viloyatdagi tadbirkorlik sub’yektlari sonini yanada oshirishi va tadbirkorlarning muammolarini hal etishda muhim dasturilamal bo‘lishi qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?