So‘nggi sakkiz yilda professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi 4,5 karra o‘sdi
O'zLiDeP yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi Olmazor tuman Kengashi bilan hamkorlikda Sarbon xususiy universitetining poytaxtimizdagi filialida Davlatimiz rahbarining joriy yil “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbirdagi nutqining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Gulshana Xudoyarova, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova partiya faollari, professor o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘ngi sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘mga yetgani, oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetgani qayd etildi. O‘qituvchilarning ish haqi 2016 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 marta, professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o‘sgani ta’kidlandi.
Tadbirda oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan xabiga aylantirish ekani e’tirof etildi.