ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşining XVII majlisi bölib ötdi
Şu yil 27-iyulda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşining XVII majlisi bölib ötdi. Unda Siyosiy Kengaş a’zolari, hududiy partiya taşkilotlari, mahalliy kengaşlardagi deputatlik guruhlari vakillari, partiya faollari iştirok etdi.
Yiğilişda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylov boşlanişi e’lon qilingani töğrisida söz yuritilib, mazkur siyosiy jarayonda partiyaning iştiroki bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Mazkur saylov yangilangan Konstitutsiya kuçga kirganidan keyin ilk bora bölib ötadigan öta muhim siyosiy jarayondir. Konstitutsiyada belgilab qöyilgan muhim qoida – davlatning demokratik yöldan taraqqiy etişini ta’minlovçi asosiy omil aynan saylovlar ekanligi, hokimiyatning yagona manbai bölgan xalq özining uşbu vakolatini aynan saylovlar orqali amalga oşiradi.
ÖzLiDeP saylovlarga ularning mamlakatimiz, xalqimiz kelajagi uçun muhim siyosiy ahamiyatidan kelib çiqib yondaşmoqda.
Siyosiy Kengaş a’zolari mas’uliyatni töla his qilgan holda, ÖzLiDePning bölajak saylovda faol qatnaşişi lozimligi töğrisida bir ovozdan qaror qabul qilindi.
ÖzLiDeP yaqin kunlarda Markaziy saylov komissiyasiga Siyosiy Kengaşning partiyaning saylovda iştirok etişi töğrisidagi qarorini özida aks ettirgan murojaatnomasini topşiradi va saylovçilar imzolarini yiğişga kirişadi.
Şu asosda ÖzLiDeP 2024 yilgi parlament saylovlariga özining mutlaqo yangi strategiyasi bilan kirib kelişi belgilandi. Saylovlarga tubdan yangiça yondaşişni közda tutgan strategiya dorasida ÖzLiDeP xalqning içiga yanada faolroq kirib borişi, uyma-uy yurib, 3 milliondan ortiq xonadonga kirib çiqişni, har bir saylovçiga partiya ğoyalarini yetkazişni, ularning taklif-mulohazalarini olişni maqsad qilib qöyganligini alohida ta’kidlab ötildi.
Partiya öz saylovoldi dasturini işlab çiqişdan oldin xalqimizni qiynayotgan muammolarni atrofliça örganişga, odamlarni öylantirgan masalalarning mohiyatiga yetişga harakat qilişi, buning uçun keng qamrovli jamoatçilik eşituvlarini taşkil etilişi hamda muammolarning yeçimi ustida ekspertlar bilan birga işlanişi qayd etildi.
Yiğilişda partiyaning saylovda iştiroki bilan boğliq barça masalalarni atrofliça muvofiqlaştirib boradigan saylovoldi ştabini taşkil etiş hamda ştabga partiya faollari bilan bir qatorda zamonaviy saylov texnologiyalari va tarğibot yönalişida yetuk bilimga ega mutaxassislarni jalb etiş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Şuningdek, partiyaning I Kongressini çaqiriş va şu munosabat bilan hududiy partiya taşkilotlarining konferensiyalarini ötkaziş böyiça topşiriqlar berildi.
Majlis nihoyasida körib çiqilgan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Axborot xizmati