Yakshanba 20-Aprel 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinadi

13.04.2025
45

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida Prezidentimiz raisligida shu yil 9-aprel kuni hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan sohani yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mavjud imkoniyatlardan foydalanib, sohadagi salohiyatli bozorlardan sayyohlarni jalb qilish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilayotgani va unga elektron viza berish, chipta olish jarayonlari ham ulanishi, barcha tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi aytib o‘tildi.

Fraksiya a’zosi Xushvaqt Xaitov yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar xususida to‘xtalar ekan, turizmni yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash borasidagi vazifalar O‘zLiDeP maqsad va g‘oyalariga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.

Videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar partiya va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi, uning ijrosida barcha deputatlar faol bo‘lishi, sohaga doir huquqiy asoslarni takomillashtirish lozimligi urg‘ulandi.

Shundan so‘ng, deputatlar “Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Muhokamalar jarayonida O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Zafar Xudoyberidev qonun loyihasining ahamiyati haqida to‘xtalib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Qonun tashabbuskorlari bildirilgan fikrlar asosli ekanligini qayd etib, uni loyihani maromiga yetkazish jarayonida e’tiborga olinishini ma’lum qildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi cuniy intellektdan foydalanishni yanada rivojlantirish, turli sohalarga joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish, uni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish, sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va tarqatishning oldini olishga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?