Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 11-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputatlar tashabbusi bilan hududlardagi muammolar hal etilmoqda

10.06.2026
112

Jizzax viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tashabbusi bilan aholini qiynayotgan qator muammolarga amaliy yechimlar topilmoqda. Xususan, Zarbdor tumanida 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tashabbusi bilan Oqbuloq MFYning Yangi davr ko‘chasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi. Uzoq yillar davomida qishda loy, yozda chang bo‘lib aholiga noqulaylik tug‘dirib kelgan ko‘cha yo‘llari qisqa muddatda ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Zomin tuman Kengashi deputati Muxammadi Gʻoibnazarov tomonidan “Nihol” mahallasidagi eskirgan elektr simyog‘ochlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi. Muammo joyiga chiqib o‘rganilib, hududga yangi beton ustunlar olib kelindi va eski simyog‘ochlarni almashtirish ishlari boshlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?