Tadbirkor oldidagi qarzini vaqtida uzmaganlar penya tölaydi
Özbekistonda moddiy zarar yoki qarzdorlik sud qarorida belgilangan muddatda qoplab berilmagan taqdirda, keçiktirilgan har bir kun uçun penya undiriş (astrent tizimi) joriy etiladi. “Har bir keçikkan kun tadbirkorning zarariga işlamoqda”, dedi prezident. Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilişi mumkin böladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uçraşuvda moddiy zararni undiriş böyiça sudlar qarorlari ijrosi keçikayotgan holatlarga e’tibor qaratdi.
Aslida, undirilişi kerak bölgan qarzdorlikning har bir keçikkan kuni tadbirkorning zarariga işlamoqda, dedi davlatimiz rahbari.
Şuning uçun xalqaro tajriba asosida astrent tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplaş keçiktirilgan har bir kun uçun qarzdor hisobidan penya undiriş sud qarorida aniq belgilab qöyiladi.
Şuningdek, endilikda tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilişi mumkin böladi.