Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş dolzarb masala

13.03.2026
1462

Mamlakatimizda keyingi yillarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş va biznesni rivojlantiriş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilandi.

Biroq, amalga oşirilayotgan islohotlarga qaramasdan davlat taşkilotlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga asossiz ravişda aralaşuv va xususiy mulk daxlsizligini buziş holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, sönggi kunlarda Toşkent şahri va qator hududlarda tadbirkorlarga tegişli bölgan taşqi reklama vositalari, elektromobillarni quvvatlantiriş qurilmalari va boşqa engil konstruksiyali ob'ektlarni majburiy demontaj qiliş holatlari keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga asosan, xususiy mulk daxlsizligi, mulkdor öz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan taşqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilişi mumkin emasligi belgilab qöyilgan.

Tadbirkorlar faoliyatini yölga qöyiş va tegişli ob'ektlarni örnatiş jarayonida qonunçilikda belgilangan tartibda ruxsatnomalar olib, ammo, keyinçalik ularni “noqonuniy” yoki “dizayn-kodga mos kelmaydigan”, deb topib, sud qarorisiz buzib taşlaşga asos böla olmaydi.

Qonun hujjatlariga asosan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga asossiz aralaşiş va xususiy mulk huquqini buziş uçun qat'iy javobgarlik belgilangan. Har qanday nizoli vaziyat, şu jumladan “noqonuniy qurilmalar”, deb topilgan ob'ektlar masalasi ham faqat huquqiy maydonda – sud tartibida körib çiqilişi şart.

Şu munosabat bilan, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş zarur va quyidagi çoralarni köriş maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi:

– tadbirkorlik sub'ektlarining mulkini sud qarorisiz majburiy demontaj qiliş amaliyotiga çek qöyilişi;

– davlat organlarining qarorlari va harakatlari tadbirkorlarga zarar etkazmasligi, aksinça, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qilişi lozim.

Mazkur holat yuzasidan elektorat manfaatini ifoda etgan holda tegişli davlat taşkilotlariga öz harakatlarini qonuniyligi yuzasidan nuqtai nazarlarini bayon etiş böyiça Qonunçilik palatasidagi fraksiya a'zolari tomonidan deputatlik sörovlari yuboriladi.

Biznes faoliyati erkinligi kafolatlari va mulk huquqining himoyasini ta'minlaş masalasi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining doimiy nazoratida ekanligini ma'lum qilamiz.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining 
Axborot xizmati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?