Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 27-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi: Qibrayda bolajonlarga quvonch ulashildi

27.07.2026
93

Qibray tumanida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Tadbirkorlardan bolajonlarga” xayriya aksiyasi doirasida ezgulik va saxovatga boy tadbir o‘tkazildi. Bunyodkor mahallasidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan tadbirda partiya vakillari, deputatlar, tadbirkorlar hamda mahalla faollari ishtirok etib, bolajonlarga mehr va e’tibor ulashdilar.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning tayyorlagan quvnoq chiqishlari tomosha qilindi. Bolalarga esdalik sovg‘alari, shirinliklar va muzqaymoqlar tarqatilib, ularning beg‘ubor tabassumlari tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.

Bunday xayrli tashabbuslar yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish va jamiyatda mehr-oqibat, saxovat hamda insonparvarlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi orqali yurtimizning turli hududlarida bolalar qalbiga quvonch va iliqlik ulashishdek ezgu ishlar izchil davom etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?