Tadbirkorlardan bolajonlarga mehr va quvonch ulashildi
O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tashabbusi bilan «Tadbirkorlardan bolajonlarga» xayriya aksiyasi tashkil etildi. Unda partiya vakillari, deputatlar va tadbirkorlar ishtirok etib, «LOGOMED» kunduzgi parvarish markazida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar oldilar.
Aksiya doirasida «Valley toys» MCHJ rahbari, tadbirkor Tolibjon Abdurahimov bolalarga korxonasida ishlab chiqarilgan rang-barang va intellektual o‘yinchoqlarni sovg‘a qildi. Bu sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashish bilan birga, ularning qiziqishlarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun ham qo‘shimcha imkoniyat yaratdi.
Bunday tashabbuslar tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ehtiyojmand bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.