Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 24-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlari oshirildi

22.05.2026
98

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda tadbirkorlar, NNT vakillari, startap tashabbuskorlari va yoshlar ishtirok etib, raqamli muhitda biznesni xavfsiz yuritish masalalari bo‘yicha amaliy muloqot olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan kiberxavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari — kuchli parol yaratish, ikki bosqichli himoyadan foydalanish, fishing hujumlaridan saqlanish va shubhali havolalarni aniqlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, elektron tijorat sohasida mijozlar ma’lumotlarini himoya qilish va onlayn to‘lovlar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar real misollar orqali kiberhujumlarning sodir bo‘lish usullari va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Ishtirokchilar ta’kidlashicha, bunday o‘quv-seminarlar raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlar xavfsizligini ta’minlash va biznes barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?