Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqça aralaşuvlarning oldi olinadi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida Prezidentimiz raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida ilgari surilgan muhim taşabbuslar haqida söz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, investitsiya loyihalari bilan işlaşda yangi yondaşuv joriy etilişi bugungi zamonning ötkir talabidir. Endilikda loyihalar nafaqat işga tuşirilişi, balki yuqori qöşilgan qiymat yaratişi, taşqi bozorga çiqişi va barqaror iş örinlarini taʼminlaşi asosiy mezon böladi. Bu jarayon “Yagona milliy loyiha boşqaruvi” platformasi orqali uç yil davomida monitoring qilib boriladi.
Deputatlar eksport masalasiga strategik nuqtai nazardan yondaşiş zarurligini taʼkidlaşdi. Içki bozor hisobidan yuqori ösişga erişib bölmasligi, şu bois yangi mahsulotlar bilan Yevropa va AQŞ kabi qimmat bozorlarga çiqiş zarurligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari taşabbuslarini mamlakatimiz eksport salohiyatini oşirişda muhim qadam sifatida qöllab-quvvatladilar. Yangi mahsulotlar, yangi bozorlar va xorijiy elçilar bilan yaqin hamkorlik “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro miqyosda yanada ommalaştirişga xizmat qilişi urğulandi.
Fraksiya yiğilişida raqamli markirovkalaş tizimi samaradorligini oşirişga qaratilgan qonun loyihasi obdon muhokama qilindi.
Uşbu qonun loyihasida belgilanayotgan normalar masofaviy soliq tekşiruvi jarayonlarini tezkor taşkil etiş, soliq tölovçi huzuriga bormasdan nazoratni amalga oşiriş hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqça aralaşuvlarning oldini olişga qaratilgan.
Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari mazkur qonun loyihasi raqamli markirovkalaş qoidalarini çetlab ötiş orqali noqonuniy mahsulot aylanmasiga qarşi kuraşiş, sifatsiz yoki qalbaki tovarlarning bozorga kirib kelişini barvaqt aniqlaş va çeklaşga xizmat qilişini taʼkidladilar.
—Fraksiyamiz yiğilişida qonun loyihasini qizğin muhokama qilib, partiyamiz maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda, uni yanada takomillaştiriş böyiça bir qator takliflar berdik, — dedi fraksiya aʼzosi Otabek Musurmonov. —Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi soliq nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etişga, raqamli instrumentlar orqali huquqbuzarliklarning oldini oliş va iqtisodiyotda oçiqlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Qizğin munozaralardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.