Tadbirkorlikni noldan boşlaş: ÖzLiDeP nukuslik xotin-qizlar uçun seminar ötkazdi
Nukusda ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi taşabbusi bilan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etiş, ularning işbilarmonlik salohiyatini oşiriş hamda iqtisodiy faolligini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Tadbirkorlikni noldan boşlaş” mavzuida seminar-trening ötkazildi. Unda partiya mas’ullari, faol tadbirkor ayollar, kasb-hunar örganayotgan yoşlar va tadbirkorlikka qiziqiş bildirgan xotin-qizlar iştirok etdi.
Seminarda Amudaryo tumanidagi non va sut mahsulotlarini qayta işlaş bilan şuğullanuvçi “MF food” va “AMUDARYO Milky Food” brendlari asosçisi, “Işbilarmon ayol-2025” tanlovi Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi Dildora Hayitboyeva qatnaşib, özining tadbirkorlik sohasidagi tajribasi, muvaffaqiyat sari bosib ötgan yöli va ayollar uçun amaliy tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.
– Har bir ayol iş boşlaşda, albatta, qöllab-quvvatlaşga muhtoj böladi, - deydi Dildora Hayitboyeva. – Avvalo, yaqinlarining işonçi va ruhiy kömagi, şundan söng esa davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda esa xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, rivojlantiriş uçun keng şaroit yaratilgan. Muhimi, ayollar öz qobiliyatiga, qudratiga işonib iş boşlab olsa yetarli.
Seminar-trening faqat nazariy ma’lumotlar bilan çeklanib qolmadi. Unda iştirokçilar uçun markaz oşxonasida amaliy maşğulotlar ham taşkil etildi. Bu jarayonda xotin-qizlar non mahsulotlarini tayyorlaş, masalliqlar tanlaş va işlab çiqariş jarayoni bilan bevosita tanişiş imkoniga ega böldi. Şuningdek, eng faol qatnaşçilarga ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan sertifikatlar topşirildi.