Tajribali tadbirkor xotin-qizlarga mahorat darsi ötkazdi
ÖzLiDeP Namangan viloyati Kengaşi taşabbusi bilan xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş maqsadida “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida seminar-trening taşkil etildi.
Tadbir Namangan davlat pedagogika institutida bölib ötdi. Unda tadbirkorlikda katta tajribaga ega, Şuhrat medali sohibi va “Işbilarmon ayol – 2025” tanlovi ğolibasi Hakima Toşmatova öz bilim va tajribalari bilan örtoqlaşdi.
Uçraşuvda xotin-qizlar orasida tadbirkorlik könikmalarini rivojlantiriş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oşiriş, yoşlarni zamonaviy işbilarmonlik tajribalariga yönaltiriş masalalari muhokama qilindi.
Iştirokçilar qizğin muloqot jarayonida öz fikr va takliflarini bildirib, mutaxassislardan amaliy savollariga javob oldilar.