Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Talaba yoshlar orasidan kreativ tadbirkorlar sarlanmoqda

20.02.2026
31

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Oxus universitetida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va faol yoshlar ishtirok etib, tadbirkorlik, startap g‘oyalar, bandlik va ta’lim masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini erkin bildirdi. Deputatlar mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, savollarga aniq javob qaytardilar. Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

Tadbir doirasida “Book & Coffee Talks” sessiyasi va milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Eng muhimi, uchrashuv yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi — 10 nafar yosh partiya safiga qo‘shilish istagini bildirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?