Talaba-yoşlarning huquqiy savodxonligi oşirildi
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan ÖzLiDeP tomonidan ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar taşkil etildi. Jumladan, partiyaning Toşkent şahar Kengaşi taşabbusi bilan tadbirlar avvalo Toşkent davlat iqtisodiyoti universitetida, keyin esa Renessans ta’lim universitetida bölib ötdi.
Uçraşuvlarda yoşlar, professor-öqituvçilar va partiya faollari iştirok etdi. Tadbirlarda Konstitutsiyaning yangilangan tahririda inson qadri, huquq va erkinliklar ustuvorligi, “Inson—jamiyat—davlat” tamoyili asosida teng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
Yoşlarga ijtimoiy kafolatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar va yoşlarning mamlakat taraqqiyotidagi roli haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, savol-javoblar, saxna körinişlari va ijodiy çiqişlar taşkil etildi.
Mazkur tadbirlar yoşlarning huquqiy ongini oşirişga, Vatanga daxldorlik hissini kuçaytirişga xizmat qildi.