Talabalar ÖzLiDePni tanlaydi
Çilonzor tumanidagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti majlislar zalida saylovçilar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Tadbirda ÖzLiDeP Toşkent şahar Kengaşi raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod Ravşan Fazilov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodlar Durbek Axmedov, Gulnora Rasulova va mahalliy kengaş deputatligiga körsatilgan nomzodlar, partiya faollari hamda saylovçilar iştirok etişdi.
Sözga çiqgan nomzodlar tomonidan partiya saylovoldi dasturining 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan işlar haqida atrofliça ma’lumotlar berildi. Jumladan, yalpi içki mahsulot hajmi 2030-yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa 4 ming dollarga yetkazişni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini iş bilan ta’minlab kelayotgan tadbirkorlarlarga mol-mulk va yer soliğidan imtiyozlar berişni, oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolar uçun kredit ta’tillari beriş tizimini joriy etiş, soliq ma’murçiligi tizimini soddalaştiriş, barça tadbirkorlar uçun soliqni tölaş borasida adolatli va teng şaroitlar yaratiş, soliq stavkalarining özgarmasligini ta’minlovçi siyosat yuritiş, budjetdan tibbiyotga ajratiladigan yillik mablağ hajmini kamida 2 karra oşiriş, kafolatlangan bepul tibbiy yordam, “Tibbiy suğurta töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqiş kabi maqsadlar töğrisida ta’kidlab ötişdi.
Deputatlikka nomzodlar yiğilganlarni partiyaning saylovoldi dasturi bilan taniştirar ekan, partiyaning “Va’da emas natija, ertaga emas bugun” deb nomlangan ezgu şiorini saylovçilar qarsaklar bilan qarşi oldilar. Tarğibot tadbirida deputatlikka nomzodlar saylovçilarni bölajak saylovda ÖzLiDeP va uning nomzodlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirib qolişdi.