Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 07-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ta’lim olish har bir fuqaroning uzviy huquqi

06.12.2025
47

O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosaabti bilan O'zLiDeP Jizzax viloyat hududiy tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialida “Ta’lim olish har bir fuqaroning uzviy huquqi” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.

Konstitutsiyamiz fuqarolarning ta’lim olish huquqini eng muhim fundamental huquqlardan biri sifatida kafolatlaydi. Bu huquqning konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi mamlakatimizda ta’lim sohasiga bo‘lgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasidir.

Bosh qomusimizning 50-moddasida "Har kim ta’lim olish huquqiga ega" degan qoida mustahkamlangan. Bu norma universal xarakterga ega bo‘lib, u yosh, jins, millat, ijtimoiy kelib chiqish va boshqa holatlardan qat’i nazar, barcha fuqarolarga taalluqlidir. Bu huquqning amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim sohasidagi konstitutsiyaviy normalar amalda izchil tatbiq etilmoqda. Buning natijasida mamlakatimizda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan ta’lim tizimi shakllanmoqda. Bu esa o‘z navbatida jamiyatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz farovonligi va kelajak avlodlar kamoloti uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Bu yutuqlar O‘zbekiston ta’lim tizimining kelgusidagi rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyamizda belgilangan ta’lim sohasidagi normalar esa bu sohadagi islohotlarning huquqiy asosi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?