Ta’lim sifati yangi bosqiçga kötariladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Prezidentimiz raisligida şu yil 15 may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oşiriş böyiça ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişining ahamiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasini isloh qiliş va uni zamonaviy talablarga moslaştiriş, yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, oxirgi 7 yilda maktabgaça va maktab ta’limi uçun mablağ 7 karra oşirilib, bu yil 60 trillion söm ajratildi.
Fraksiya a’zolari uşbu yiğilişning ahamiyati haqida töxtalar ekan, unda sohani rivojlantiriş, uni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça belgilangan muhim vazifalar ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş, öqituvçi va tarbiyaçilarning nufuzini yuksaltiriş, yoş avlodning zamonaviy bilim va könikmalarni egallaşiga xizmat qilişini qayd etdilar.
Deputatlar O‘zLiDeP saylovoldi dasturida ham maktabgaça ta’limga bölgan ehtiyojni töliq qondirişni kafolatlaş, maktabgaça ta’lim taşkilotlari va umumiy örta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining örtaça iş haqini 2 barobar oşiriş ustuvor vazifa sifatida örin olganligini, şundan kelib çiqib partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi qöyilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşda faol iştirok etişlarini ta’kidladilar.
—Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuç bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligi isbot talab qilmas haqiqatdir, — dedi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov. —Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim taşabbuslarning hayotga tatbiq etilişi biz, deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Biz, uşbu yönalişdagi islohotlar samaradorligini oşiriş, sohaning huquqiy asoslarini takomillaştirib borişga alohida e’tibor qaratamiz.
Yiğilişda tuman va şaharlarda yer soliği va ijara tölovlari uçun belgilangan qiymatlarga oşiruvçi va kamaytiruvçi koyeffitsiyentlarni belgilaş tartibi böyiça mahalliy kengaş deputatlari bilan ötkazilgan seminar natijalari ham körib çiqildi.
Yakunda muhokama qilingan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.